Jahon | 07:27 / 08.10.2015
5211
1 daqiqa o‘qiladi

Fox News: Rossiya qiruvchi samolyotlari Suriyada AQSh dronlariga yaqinlashdi

Rossiya qiruvchi samolyotlari Suriya havo hududida AQShga tegishli dronlarga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda manbalarga tayangan holda Fox News telekanali.

Qayd etilishicha, bunday uchta holat qayd etilgan.

"Birinchi gal biz ruslarning omadi keldi deb hisobladik. Biroq bunday holat yana ikki marta takrorlandi", deb aytdi manba.

Bu orada AQSh harbiy-dengiz kuchlari kapitani Jyeff Devisning aytishicha, AQSh dronlari rus samolyotlari bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish