Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya IIV: Germaniyada sentabrda 164 ming qochqin ro‘yxatdan o‘tdi
Germaniyada shu yil sentabr oyining o‘zida 164 mingga yaqin qochqin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda 7 oktabrda Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Yanvardan sentabrgacha Germaniyaga taxminan 577 ming muhojir kelgan.
Germaniya muhojirlar va qochqinlar ishlari bo‘yicha federal muassasa ma'lumotlariga ko‘ra, sentabrda umumiy hisobda qochqin maqomini berish haqida 43071 mingta ariza topshirilgan. Bu 2014 yil sentabrga nisbatan 126,2 foizga ko‘proqni tashkil qildi.
Hammasi bo‘lib 9 oy davomida Germaniyada qochqin maqomini olish haqida 303443 ta ariza topshirilgan.