16:07 / 08.10.2015
3818

Gvardiola keyingi mavsumdan boshlab «Manchester Siti» klubida ishlashga rozilik berdi

«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti» klubini boshqaradi.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik 44 yoshli mutaxassis inglizlar vakili Chiki Begiristaynning taklifiga o‘z roziligini bergan. Qayd etish kerakki, ular o‘z vaqtida Kataloniyada birga ishlashgandi.

«Bavariya» klubi Gvardiolaga shu mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishni taklif qilgandi. Ammo u bu taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida «Manchester Siti» Manuel Pellegrini bilan 2017 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.

O‘z navbatida, myunxenliklar Gvardiolaning o‘rniga "Borussiya D" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni olib kelish haqida o‘ylamoqda. Lekin keyingi hafta ichida Klopp "Liverpul" boshqaruviga kelishi kutilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Top