Jahon | 08:31 / 08.10.2015
2469
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada yer o‘pirilgan hududdan 208 kishining jasadi topildi

3 oktabrga o‘tar kechasi Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida ro‘y bergan yer ko‘chkisi tufayli halok bo‘lganlar soni 208 nafarni tashkil etmoqda. Kambray-2 qishlog‘ida yashaganlardan yana 150 nafari bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

2 oktabr kuni kechasi bu hududda halokatli yer o‘pirilishi yuz bergan va qishloq minglab tonna tosh va tuproq ostida qolgan.

Fojia yuz bergan hududda qutqaruv ishlari olib borayotgan maxsus xizmatlar xodimlari va ko‘ngillilar soni 560 nafarni tashkil etadi, bu jarayonda 28ta texnik vosita ishtirok etmoqda.

Shuningdek, qidiruv ishlariga maxsus o‘rgatilgan itlar jalb qilingan.

Ayni vaqtda tuproq ostida tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligiga umid qolmagan.

Lekin Meksika hukumati halok bo‘lganlarning barchasining jasadini topishga qaror qilgan.

Hududda ob-havoning noqulayligi qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda. Ayni vaqtda bu yerda yana bir bor yer ko‘chkisi yuz berishi ehtimoli yo‘q emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish