Jahon | 09:31 / 08.10.2015
3662
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemaladagi yer ko‘chkisi tufayli halok bo‘lganlar soni 215 nafarga yetdi

3 oktabrga o‘tar kechasi Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida ro‘y bergan yer ko‘chkisi tufayli halok bo‘lganlar soni 215 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan oldinroq, tuproq ostidan 208 kishining jasadi chiqarib olingani xabar qilingandi. Shuningdek, 300 nafarga yaqin kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Fojia yuz bergan hududda qutqaruv ishlari olib borayotgan maxsus xizmatlar xodimlari va ko‘ngillilar soni 560 nafarni tashkil etadi, bu jarayonda 28ta traktor va ekskavator hamda 50ta yuk mashinasi ishtirok etmoqda.

Shu vaqtgacha hududdan 48 ming kubometr tuproq qazib olingan.

Ayni vaqtda tuproq ostida tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligiga umid qolmagan.

Lekin Meksika hukumati halok bo‘lganlarning barchasining jasadini topishga qaror qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish