09:49 / 08.10.2015
8758

IShID O‘rta Osiyoda ishsizlar orasidan tarafdorlar qidirmoqda

IShID Afg‘onistondagi faoliyatini kengaytirishga 70 mln dollar ajratdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti rahbari Xudoyberdi Xoliqnazar ma'lumot berdi.

Bu bayonotni Xoliqnazar “Markaziy Osiyo davlatlari milliy manfaatlari va xavfsizlik siyosati” mavzuidagi xalqaro konferensiya chog‘ida berib o‘tdi.
Uning fikricha, IShID bu pullar yordamida ishsiz va kambag‘al aholi o‘rtasida tashviqot yuritadi, so‘z kuchi yetmagan joyda odamlarga pul taklif qiladi.

Top