Jahon | 09:13 / 08.10.2015
5897
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki: kambag‘al davlatlar aholisi boy davlatlarga ko‘chib o‘tishda davom etadi

Jahonda yirik demografik siljish sodir bo‘lmoqda, u yaqin bir necha o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyot xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. Jahon banki ekspertlarining fikricha, Yevropaga Afrika va Osiyodan yuz minglab odamlarning ko‘chib kela boshlashi amalda buyuk o‘zgarishlarga boshlanma yasab berdi.

Global iqtisodiyot kambag‘al davlatlar aholisining boy davlatlarga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq muammoga duch kelishda davom etadi. Peru poytaxti Limada taqdim etilgan Demografik o‘zgarishlar global monitoringi hisobotida mana shu tendensiya qayd qilindi.
Taqdimot Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish