Sport | 14:48 / 08.10.2015
5681
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR terma jamoasi o‘z maydonida Filippinni yenga olmadi

Buugun, 8 oktabr kuni JCh-2018 uchun saralash o‘yinlarining ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan KXDR hamda Filippin terma jamoalari o‘rtasida 5-tur uchrashuvi o‘tkazildi.

Bu o‘yinda hisob ochilmay qoldi va shimol koreyslari guruh bosqichida ilk marta ochko yo‘qotdi.

Ayni vaqtda Shimoliy Koreya 10 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. O‘zbekiston esa Bahraynda g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan koreyslarga yaqinlashib olishi mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish