Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 12:10 / 08.10.2015
4902
1 daqiqa o‘qiladi
NATO bosh kotibi Rossiyani Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Moskvani Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumiga yordam bermaslikka chaqirdi, deya xabar berdi Reuters.
Shu bilan birga, Stoltenberg alyans Rossiya bilan Suriyada IShIDga qarshi hamkorlikda kurash olib borishni ma'qullashini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni Rossiya harbiy kosmik kuchlari Kaspiy dengizida joylashgan 4ta harbiy kema orqali aniqligi 5 metrdan oshmaydigan 26ta qanotli raketa uchirgani xabar qilingan edi. Bu esa NATOning jiddiy xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish