Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis eksporti 2009 yildan beri eng kuchli pasayishga uchradi
Germaniya eksporti avgustda iyulga nisbatan 5,2 foizga tushib ketgan va bu 2009 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. Mamlakat importi hajmi 3,1 foizga qisqargan. Tashqi savdo profitsiti 15,3 mlrd yevrogacha tushib ketgan (iyulda bu ko‘rsatkich 25 mlrd yevroni tashkil qilgan).
Mamlakat statistik xizmati keskin pasayishning sabablarini keltirmayapti. Shu bilan bir vaqtda bu ma'lumotlar Yevrohududdagi iqtisodiy vaziyat yomonlashayotganining alomatlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq yetakchi nemis tadqiqot institutlari 2015 yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 2,1 dan 1,8 foizga tushirgan edilar. Fransiyada tadbirkorlar kayfiyati indeksi 98 dan 97 gacha tushib ketgan. Shu bilan birga Fransiya yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2-chorakda nolga teng bo‘ldi.
Biroq Yevrohududda investitsiyalarning sekin-asta o‘sishi ijobiy belgi bo‘lib qolmoqda. Uning evaziga 4-chorakda YaIMning o‘sishi umumiy ko‘rsatkichi 0,5 foizga erishadi (3-chorakda 0,4 foiz).
Agentlikning ta'kidlashicha, Yevropa markaziy bankining iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha qadamlari, ayniqsa yevroni kuchsizlantirishga erishilsa, o‘sishning tezlashishiga olib kelishi mumkin. Bu nemis iqtisodiyotini ko‘proq raqobatbardosh qiladi.