Jahon | 07:55 / 08.10.2015
3279
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya tankeri Barents dengizida falokatga uchradi

Barents dengizida falokatga uchragan Norvegiyaga tegishli tankerga qutqaruv kemasi faqatgina 8 oktabr kunduz kuni yetib boradi. Bu haqda TASS axborot agentligi muxbiriga Avariya-qutqaruv ishlarining shimoliy ekspeditsion otryadida ma'lum qilindi.

"Bugun kechasi falokat joyiga Murmanskdan "Purga" qutqaruv kateri yo‘lga chiqdi", deb aytilmoqda xabarda.

Qutqaruvchilarga falokat signali Norvegiya kemachilik kompaniyasi bilan ishlovchi agentdan kelib tushgan. Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, tanker uncha katta bo‘lmay, kema ko‘rsatkichlari va ekipaj soni keltirilmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tanker vintiga arqon o‘ralib qolishi oqibatida yurmay qolgan. Tanker Barents dengizining Rossiya iqtisodiy hududida qolmoqda.

Murmansk gidrometmarkazi ma'lumotlariga ko‘ra, Barents dengizida hozirda yomon ob-havo sharoitlari kuzatilmoqda, shamolning tezligi soniyasiga 16 metrni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish