16:43 / 08.10.2015
7916

OAV: Braziliyalik milliarder Coca-Cola kompaniyasini sotib olib, barcha xodimlarni "ishdan bo‘shatmoqchi"

Braziliyaning eng badavlat kishilaridan biri Jorjye Paulu Lemann amerikaliklarning Coca-Cola kompaniyasini sotib olishni va uning barcha xodimlarini ishdan bo‘shatishni orzu qilmoqda. Bu haqda Business Insider xabar bergan.

Ayni vaqtda Lemann Burger King, Kraft, Stella Artois va Heinz kompaniyalariga egalik qilib turibdi.

U Coca-Cola kompaniyasini ham o‘z tasarrufiga olish to‘g‘risida jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kompaniya narxi 178,2 mlrd dollarga baholangan.

"Biz Coca-Cola`ni xohlaymiz. Menimcha, bu kompaniyani 200 kishi ishlagan holda ham boshqara olaman", degan u hazilomuz ohangda.

Ayni vaqtda Coca-Cola kompaniyasida 100 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Nashrning yozishicha, 76 yoshli milliarder odatda yangi sotib olgan kompaniyalarida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishlarni amalga oshirishni ma'qul ko‘radi.

Top