Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Qunduzda shifoxona o‘qqa tutilgani uchun "Chegarasiz shifokorlar"dan uzr so‘radi
AQSh prezidenti Barak Obama AQShlik harbiylar tomonidan Afg‘onistonning Qunduz shahrida "Chegarasiz shifokorlar" tashkilotiga tegishli shifoxonaning o‘qqa tutilishi uchun tashkilotdan uzr so‘radi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning bayonotini Reuters axborot agentligi.
"Bugun ertalab prezident Obama "Chegarasiz shifokorlar" tashkiloti prezidenti, shifokor Djoann Lyuga Qunduzda AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan tashkilotning shifoxonasiga havodan yanglish zarba berilishi oqibatida shifoxona xodimlari va bemorlar halok bo‘lgani uchun uzr so‘rash va hamdardlik bildirish maqsadida telefon qildi", deb aytdi Ernest.
Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Qunduzdagi hujumni fojiaviy xatoligini tan olgani ma'lum qilingandi.
"Chegarasiz shifokorlar" tashkiloti shifoxonasiga zarba berilishi oqibatida 19 kishi: 12 nafar xodim va kamida 7 nafar bemor, jumladan 3 nafar bola halok bo‘lgan. Yana 37 nafar kishi, shu jumladan tashkilotning 19 nafar xodimi jarohatlangan.