17:48 / 08.10.2015
14059

O‘zbekiston Rossiyaga avtomobil eksport qilish hajmini 51 foizga kamaytirdi

O‘zbekiston avtomobilsozlari 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil eksporti hajmini 51 foiz yoki 15498 donaga qadar qisqartirdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiya bozorida 1746 dona avtomobil sotib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 26 foiz kam ko‘rsatchikni qayd eta olgan.
Avvalroq Moskvada 8 oktabrda yangi “Ravon” avtomobil brendi namoyish qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Endilikda O‘zbekiston avtomobilsozlari MDH davlatlariga o‘z avtomobillarini Ravon brendi ostida eksport qiladi. MDH davlatlari bozorlariga bu brend ostida dastlab Nexia va Gentra, keyinroq esa Spark va Aveo avtomobillari chiqarilishi kutilmoqda.

Top