Jahon | 09:42 / 08.10.2015
6316
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: Suriyada AQSh samolyoti Rossiya samolyoti bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi

Suriyada AQSh jangovor samolyoti oxirgi 6 kun ichida kamida bir marta Rossiya samolyoti bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Bunday ma'lumotni jurnalistlarga AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, kapitan Jyeff Devis berdi.

"Bizda samolyotimiz Rossiya samolyoti bilan xavfsiz uzoqlikni kafolatlash maqsadida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani qayd qilingan kamida bitta holat bo‘ldi", deb aytdi Devis Rossiya va AQSh harbiy aviatsiyasining Suriyadagi operatsiyalari haqida gapira turib.

Devisning aytishicha, bu holat Suriyada Rossiya va AQSh qurolli kuchlari o‘rtasida noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan ikki tomonlama maslahatlashuvlarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgandan keyin yuz bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish