22:14 / 08.10.2015
5664

Pyotr Poroshenko Qozog‘istonga rasmiy safar uyushtirmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qozog‘istonga rasmiy safar bilan ketdi. 9 oktabrda Poroshenko avval Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov, so‘ngra Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi. So‘ngra kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Uning natijalariga ko‘ra bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan, deb ma'lum qilmoqda Poroshenkoning rasmiy internet-vakolatxonasiga iqtibos keltirgan holda Zakon.kz nashri.     

Imzolanadigan hujjatlar orasida Ukraina va Qozog‘istonning savdo-iqtisodiy, yonilg‘i-energetika, agrar sanoati, transport, ishlab chiqarish, koinot sohalaridagi ikki tomonlama rivojlanishi ustuvorliklarini aniqlaydigan Yo‘l xaritasi ham imzolanadi.

Shuningdek,  Poroshenko va Nazarboyev Ukraina-Qozog‘iston biznes anjumanida ishtirok etadilar.

Top