23:36 / 08.10.2015
7026

"Revan" Alibobo Rahmatullayevni ortga qaytarib yubordi

Ozarbayjonning "Revan" jamoasi o‘zbekistonlik yosh futbolchi Alibobo Rahmatullayev bilan biroz oldinroq tuzgan shartnomasini bekor qildi. Bunga sabab sifatida futbolchining o‘yini jamoani qoniqtirmagani aytilgan.

O‘tgan oyda ushbu futbolchi "Navbahor" jamoasi safidan "Revan"ga borib qo‘shilgani va ozarlar jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangani xabar qilingandi.

Biroz oldinroq, u O‘zbekistondagi nashrlardan biriga bergan intervyusida yangi jamoasidagi sharoitlardan ko‘ngli to‘lgani, "qachondir xorijda to‘p surishimga ishongani" haqida aytib o‘tgandi.

Ma'lumot uchun, "Ravan" jamoasi o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra mamlakat premer-ligasiga beriladigan yo‘llanmaga ega bo‘lgandi. 2007 yilda tashkil topgan ushbu jamoa 2011 yilga kelib Ozarbayjon premer-ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgandi. "Arslonlar" 2013-2014 mavsumda Ozarbayjon kubogi yarim finaliga qadar yetib borishgandi. Bu klub tarixidagi eng katta yutug‘i hisoblanadi. Ammo, shu mavsumning o‘zida quyi divizonga tushib ketgandi.

Top