Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:08 / 08.10.2015
6000
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya bosh shtabi Afg‘onistonda IShIDning 3 ming jangarisi borligini aytdi
Rossiya bosh shtabining hisob-kitoblariga qaraganda, Afg‘oniston hududida hozirlikda IShIDning 2-3 ming jangarisi faoliyat olib bormoqda. Bu haqda shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Radikallarning diversion terrorchilik qilmishlari oqibatida halok bo‘lgan afg‘onistonlik fuqarolarning soni 25 foizga o‘sib, 3.5 ming kishini tashkil qildi. 7 ming kishi jarohatlandi”, - ma'lum qildi u.