Jahon | 20:35 / 08.10.2015
4932
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federal migratsiya xizmati: 2015 yilda Rossiyada qonuniy ishlayotgan muhojirlar soni 30 foizdan ko‘proqqa oshdi

2015 yilning boshidan Rossiyada migratsion qonunchilik qoidabuzarligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar soni kamaydi va qonuniy tarzda mehnat qiluvchi muhojirlar soni 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bu haqda BRIKSga kiruvchi davlatlar migratsiya muassasalari rahbarlarining Sochidagi uchrashuvida Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Yakovenko aytib o‘tdi.

"Odamlar e'tiborliroq va saranjomroq bo‘lib bormoqdalar. Qonuniy asosda ishlovchi muhojirlar soni 30 foizdan ko‘proqqa oshgan", deb aytdi Yakovenko. Uning aytishicha, xorijliklarni ishga yollashni rasmiylashtirish tartibining soddalashtirilishi, patent tizimining kiritilishi barcha bosqichlardagi byudjyetlarga 60 mlrd rubl keltirgan.

Noqonuniy migratsiya bilan kurashishning eng samarali choralaridan biri xorijiy fuqarolarga Rossiyaga kirishga taqiqlov bo‘ldi. "2013 yildan Rossiya hududida bo‘lish muddatlarini buzganlik yoki jinoyatni amalga oshirganlik tufayli 1,5 mln kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi. Xorijiy fuqarolar bu qarorlar bo‘yicha sud tartibida shikoyat qilishlari mumkin. Qoidabuzarlar FMX sayti orqali bevosita xabardor etiladi", deb qo‘shimcha qildi Yakovenko.

Rossiya FMX ma'lumotlariga ko‘ra, har yili Rossiya hududiga 15-16 mln xorijlik keladi, ulardan 80 foizini MDH davlatlari fuqarolari tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish