Jahon | 21:36 / 08.10.2015
6181
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari Suriyadagi jangarilarning 27ta nuqtasiga zarbalar berdi

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning ma'lum qilishicha, 8 oktabr kuni Rossiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlar 22 marta harbiy parvoz amalga oshirishdi va Suriya hududidagi jangarilarning 27ta obektini bombaladi.

"Bugun samolyotlarimiz Homs viloyati hududidagi jangarilarning 8ta muhim obektlariga havodan hujum uyushtirdi. Natijada bu obektlar butunlay vayron qilindi", deydi Konashenkov.

Shuningdek, bugungi hujumlarda Su-25 va Su-34 samolyotlari Hama va Rakka viloyatlarida IShID bazalariga zarbalar yo‘llashgan.

"Bu hujumlar natijasida jangarilarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadida barpo qilingan infratuzilmalar yo‘q qilingan", deyiladi vazirlik xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish