21:54 / 08.10.2015
7625

Rupert Merdok Obamaning qora tanli ekanligiga shubha bildirdi

Mediamagnat Rupert Merdok AQSh prezidenti Barak Obamaning haqiqiy qora tanli prezident deb hisoblamasligini aytdi. Uning fikricha, prezident lavozimiga nomzodlardan biri, qora tanli Ben Karson Obamadan ko‘ra ko‘proq irqiy kamchiliklar muammolarini eplay olgan bo‘lardi. Merdok bu haqdagi yozuvni Twitter’da chop etdi.

"Ben va Kendi Karson ajoyib insonlar. Irqchilik muammolari va boshqa ko‘plab savollarni eplay oladigan haqiqiy qora tanli prezidentga nima deysiz?", deb yozdi magnat.

Avvalroq Merdok Karson Detroyt gettosida ulg‘aygani, Obama esa oq tanli inson hayot yo‘lini bosib o‘tganini aytgan. Merdok Obamaning ajdodlari qullar bo‘lmaganiga ham urg‘u berib o‘tmoqda.

Obamaning o‘zi ko‘p marotalab o‘zining qora tanli ekanligini aytib, afroamerikaliklarning muammolarni ko‘p marta ommaviy muhokamaga olib chiqqan. Obama haqiqatan ham qullarning farzandi hisoblanmaydi, chunki uning otasi AQShga Keniyadan kelgan va oq tanli ayolga uylangan.

Karson esa, o‘z navbatida, qora tanlilar muammolarini alohida muhokama qilishni jamiyatda ixtilofni yaratish uchun sabab deb hisoblaydi. Uning aytishicha, u neyrojarroh bo‘lib ishlagan va tana rangi insonning qandaydir muhim tavsiflarini belgilay olmasligini yaqqol ko‘rgan.

Top