21:50 / 08.10.2015
10316

Saudiyalik ayolga xiyonatkor eri tufayli qamoq jazosi bilan tahdid qilinmoqda

Saudiya Arabistonida o‘z turmush o‘rtog‘ini uy xizmatchisi bilan xiyonat qilganini videoga olgan ayolga qamoq jazosi bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, ayol hurmatsizlik va obro‘sizlantirishda ayblanmoqda.  

Ayol mobil telefonga o‘z erining uy xizmatchisi bilan gaplashib, keyin u bilan ishqiy munosabatlarga kirganini videoga olgan. U o‘zining xiyonatkor eridan o‘ch olish maqsadida ijtimoiy tarmoqda ushbu videoni chop etdi va "Bunday er uchun eng kichik jazo – uni izza qilishdir", deb yozib qo‘ydi. 

Ushbu rolik internetda tez tarqalib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarning ko‘pchilik foydalanuvchilari aldangan ayolni qo‘llab-quvvatladilar: "Sen bunga qanday jasorat bilan yondashganingni ijobiy qarshilayman. Sen to‘g‘ri yo‘l tutding", deb yozdi bloger Al Yamama.

Advokatlarning aytishicha, ayol bir yilgacha qamoq jazosiga yoki 500 ming riallik (87,6 ming dollar) jarimaga tortilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, obro‘sizlantiruvchi surat yoki videoni olish uchun mobil telefon yoki kameradan foydalangan istalgan odam jazoga tortiladi.

Top