09:25 / 08.10.2015
6612

Snouden AQSh qamog‘iga o‘tirishga tayyor

AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden AQSh adliya vazirligiga bir qancha murojaat yo‘llab, yurtiga qaytishga va qamoqqa o‘tirishga tayyorligini bayon qilijagini aytmoqda.

Jurnalist bilan suhbat chog‘ida u qamoqqa o‘tirishga tayyorligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi. “Men sud qarshisida bo‘lishga tayyorman, ammo to‘g‘ri qaror oldida turgan odamlarni to‘xtatish niyatim yo‘q”, - dedi u.

Snouden kelajagini qanday ko‘rishi haqidagi savolga u AQSh hukumati uni qiynoqqa solmaslikni va'da qilganini aytdi.
“Buni yaxshi boshlanma deb hisoblasa bo‘ladi”, - dedi u.

Top