10:00 / 08.10.2015
4080

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkmaniston delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi

7 oktabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Palvan Taganov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati ma'lum qildi.

Uchrashuvda Turkmaniston tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri B.Abayev hamda Tadbirkorlar va sanoatchilar uyushmasi raisi A.Dadayev ishtirok etishdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish va tranzit yuk tashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.

Top