10:55 / 08.10.2015
3674

To‘fon tufayli Yaponiya shimolida uch kishi jabrlandi

Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolida 2015 yil hisobidan 23- bor sodir bo‘layotgan to‘fon sababli uch kishi jabrlandi.

Mahalliy hokimiyat prefekturada istiqomat qilayotgan 6 mingdan ziyod aholini evakuatsiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma oldi.

Shu bilan birga, JR Hokkaido temir yo‘l operatori ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy 170dan ziyod, jumladan, 24ta tezyurar poyezd qatnovi bekor qilindi. Sintitose aeroporti ma'muriyati esa 126ta aviareys to‘xtatilganini ma'lum qildi.

Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli mintaqaning turli hududlaridagi 105ta boshlang‘ich maktabda mashg‘ulotlar bekor qilindi. 

Ayni paytda to‘fon Tinch okeani tomondan Xokkaydoga yaqinlashib kelmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 35,7 metrga yetdi. 9 oktabr tongida yog‘ingarchilik miqdori 200 millimetrga yetishi kutilmoqda.

Top