10:54 / 08.10.2015
6038

Toyota mahsulotlarining terrorchilar qo‘liga yetib borishi bo‘yicha barcha yo‘llarni yopish imkonsiz ekanini ma'lum qildi

Yaponiyaning Toyota Motor Corporation korporatsiyasi AQShning IShID jangarilari tomonidan keng qo‘llanilayotgan kompaniya mahsulotlari dalili bo‘yicha yuborgan rasmiy talabiga javob berar ekan, avtomobillarini “harbiy va terrorchilik faoliyati uchun” sotmayotganini ma'lum qildi, deya xabar tarqatdi ABC News telekanali.

Bundan avvalroq esa OAVda IShID jangarilari ko‘p miqdordagi Toyota kompaniyasi mahsulotlarini qabul qilib olayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lib, shu munosabat bilan AQSh Moliya vazirligining Aksilterror va moliyaviy razvedka boshqarmasi tergov ishini boshlagan edi.

Vazirlik so‘roviga javob bergan kompaniya “harbiy yoki terrorchilik faoliyati uchun foydalanish yoxud modifikatsiya qilish maqsadidagi xaridorlarga avtomobillar sotmaslik siyosatini qat'iy qo‘llab-quvvatlashi”ni ma'lum qilgan.

“Toyota har bir davlat va mintaqadagi vakillaridan ushbu tamoyillarga to‘la rioya qilishni talab qiladi. Biz AQSh moliya vazirligi tomonidan Yaqin Sharqqa xalqaro yo‘llar orqali pul mablag‘lari va mahsulotlarning yetkazib berilishiga oid keng ko‘lamli tergov ishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - deya ma'lum qildi kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasi rasmiy vakili Ed Lyuis.

Ayni paytda, rasmiy vakil kompaniya mahsulotlarining terrorchilar qo‘liga yetib borishining oldini olishga qaratilgan choralar qo‘llanilayotganiga qaramasdan, avtomobillarning o‘g‘irlanishi yoki qayta savdoga chiqarilishi bo‘yicha barcha yo‘llarni nazorat qilish imkonsiz ekanini qo‘shimcha qildi.

Top