12:51 / 08.10.2015
3985

UYeFA matbuot vakili: «Platini ayb ish qilgani yo‘q, u o‘zini oqlashi shart emas»

UYeFAning aloqalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Pedro Pinto tashkilot prezidenti Mishel Platini, FIFA prezidenti Yozef Blatterdan olingan deb gumon qilinayotgan 2 million shveysariya franki miqdordagi to‘lov borasida hech qanday tushuntirish bermasligini aytdi.

«Platini hech qanday yomon ish qilmaganini va u o‘zini oqlashga majbur emasligini ma'lum qiladi.

U bu borada aytilgan fikrlarga qo‘shimcha qilmoqchi emas», – dedi Pinto.

Qayd etish kerakki, Platini FIFA prezidentligi uchun 2016 yilning 26 fevralida o‘tkaziladigan saylovda asosiy nomzod hisoblanadi.

Avvalroq, FIFAning axloq bo‘yicha Qo‘mitasi tashkilot raisi Yozef Blatterni 90 kunga ishdan chetlatgan, shuningdek Platinini ham chetlatishni tavsiya qilgandi.

Top