Jamiyat | 08:51 / 08.10.2015
7399
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin o‘z tug‘ilgan kunida xokkey o‘ynab, raqib darvozasiga 7 ta shayba kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktabrda o‘zining 63 yillik tavallud kunida Tungi xokkey ligasida xokkey o‘ynadi.

Putin Pavel Bure va Valeriy Kamenskiy kabi Rossiya xokkeyi yulduzlari bilan birga raqiblar darvozasiga 7 ta shayba kiritishga muvaffaq bo‘ldi, uning jamoasi esa 15:10 hisobida g‘alaba qozondi.

Putin bilan bir jamoada, shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o‘ynadi. Putin jamoasiga qarshi tarkibida tadbirkorlar Gennadiy Timchenko, Arkadiy va Boris Rotenberg, "Ilim" guruhi asoschilari Boris va Mixail Zingarevich, Moskva viloyati, Tatariston va Tver viloyati rahbarlari bo‘lgan Tungi xokkey ligasi terma jamoasi o‘ynadi.

Ma'lumot uchun, Vladimir Putin 1952 yil 7 oktabrda tug‘ilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish