Jahon | 00:15 / 08.10.2015
4145
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy oltin uyushmasi: yaqin yillarda oltinga past narxlar "yangi me'yor" bo‘ladi

Yaqin yillarda oltinga past narxlar "yangi me'yor" bo‘ladi, deb ma'lum qildi " Mayneks-2015" tog‘-kon sanoati anjumanida Xitoy oltin uyushmasi raisi o‘rinbosari Chjan Binnan.

"Global iqtisodiy vaziyat hisobga olinsa, jahon iqtisodiyoti o‘sishining kichik miqdorda tiklanishiga asoslar bor, biroq umuman olganda xalqaro moliyaviy bozor va asosiy mahsulotlar bozorining sakrashi hamda geosiyosiy va boshqa noiqtisodiy omillar kuchayotgan pasayish vaqtida sezilarli tiklanishni tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda noaniq omillar mavjud. Dollarning qimmatlashishi umumiy tendensiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Keyingi bir necha yillarda oltinga past narxlar yangi me'yor bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tdi Chjan Binnan.

Ma'lumot uchun, ayni paytda oltinning bir untsiyasi (31,1 gramm) 1150 dollar atrofida sotilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish