Jamiyat | 09:10 / 08.10.2015
6527
1 daqiqa o‘qiladi

Xulio Iglesias Donald Trampga tegishli kazinoga kirishni istamadi

Ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Xulio Iglesias AQShda milliarder hamda AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri bo‘lmish Donald Trampga tegishli kazinolardan biriga kirishdan bosh tortdi.

U "Vanguardia" gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, u bundan oldin Trampning kazinolariga borib turgan, lekin endi bu ishni boshqa qilmaydi.

"U dunyoni o‘zgartiraman deb o‘ylaydi. U muhojirlar AQSh uchun nimalar qilib berganini unutib yubordi. U haqiqiy masxaraboz", deya Trampning muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatlari va chiqishlariga javob qaytaradi ispaniyalik xonanda.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentabr kuni Nyu-Gempshir shtatidagi chiqishida Tramp saylovlarda g‘alaba qozonsa, barcha muhojirlarni Suriyaga haydab solishi haqida aytgandi.

Tramp bungacha ham Meksika va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga nisbatan keskin qarashlarini ifoda qilib kelardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish