11:24 / 08.10.2015
3824

Zagrebning "Dinamo" jamoasi futbolchisi "Arsenal"ga qarshi o‘yindan keyin doping-testdan o‘ta olmagani ma'lum bo‘ldi

UYeFA tartib-intizom qo‘mitasi Zagrebning "Dinamo" jamoasi futbolchisi Ariyan Ademiga nisbatan ish ochdi. Ushbu yarimhimoyachi YeChLning guruh bosqichida "Arsenal"ga qarshi 1-tur uchrashuvidan keyin doping-testni muvaffaqiyatsiz topshirgani aniqlangan.

24 yoshli bu futbolchi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda 90 daqiqa davomida harakat qilgan, o‘yindan keyingi doping tekshiruvida esa uning A namuna bo‘yicha natijasi qoniqarsiz baholangan. Agar uning V namuna bo‘yicha natijasida ham shu hol kuzatiladigan bo‘lsa, futbolchini jiddiy jazo choralari kutadi.

Qayd etish kerakki, jamoani ochkolardan mahrum qilish yoki diskvalifikatsiya qo‘llash uchun tarkibdagi futbolchilarning kamida 2 nafari doping testdan o‘ta olmasligi kerak bo‘ladi.

"Dinamo" jamoasi vakilining xabar berishicha, Ademi o‘tgan yilda 6 marta doping test topshirgan va har safar uning natijasi salbiy bo‘lgan.

Top