Jahon | 11:03 / 09.10.2015
5831
1 daqiqa o‘qiladi

«'»: Saakashvili Janubiy Osetiyadagi harbiy jinoyatlari uchun Gaaga sudi oldida javob berishi mumkin

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi prokurori 2008 yilda Janubiy Osetiyada sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan tergov olib borishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya yozmoqda «Kommersant'».

Rossiya tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganish asnosida mojarolar vaqtida Gruziyaning sobiq prezidenti, ayni paytda Ukrainaning Odessa viloyati rahbari sanalgan Mixail Saakashvili boshchiligida bir qator harbiy jinoyatlar sodir etilgani oydinlashdi.

Shu munosabat bilan hujjatlarni o‘rganadigan maxsus komissiya tuziladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, materillardagi ayblovlar o‘z tasdig‘ini topsa, Sakaashvili 30 yil yoki umrbod qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish