Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshchiligidagi koalitsiya bir kun ichida Iroqda 18 ta va Suriyada 2 ta aviazarba amalga oshirdi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya 7 oktabrda Iroq va Suriyada 20 ta aviazarba amalga oshirdi, ulardan faqatgina 2 tasi Suriya hududiga berildi. Bu haqda 8 oktabrda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi ma'lum qildi.
Suriyada jangovor harakatlar Al-Hasaka muhofazasida olib borildi, bu yerda neft to‘plash punkti va neft nasosi yo‘q qilindi. Iroqda zarbalar Kirkuk, Mosul, Ar-Ramadi, Sinjar va boshqa shaharlar hududlariga berildi, IShID terrorchilik guruhining bir qator pozitsiyalari va transheyalari, qo‘lbola bombalar ishlab chiqaruvchi obektlar va qurol-aslaha omborlari yo‘q qilindi.
AQShning Suriyadagi IShID pozitsiyalariga aviazarbalari sur'ati o‘tgan oyga, ya'ni Rossiya aviazarbalar berishni boshlashidan oldingiga nisbatan birmuncha pasayganroq bo‘lib qolmoqda. 7 oktabrda Iroqda Avstraliya, Kanada, Fransiya, Iordaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQSh samolyotlari aviazarbalar berdi. Suriyadagi hujumlarda Avstraliya, Bahrayn, Kanada, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA va AQSh samolyotlari ishtirok etdi.