Jahon | 23:39 / 09.10.2015
6147
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda “g‘oyib bo‘ladigan” uchuvchisiz apparat yasaladi

Pentagonning mukammal mudofaa tadqiqotlari agentligi (DARPA) uchish vaqtida “ko‘zdan g‘oyib bo‘luvchi” uchuvchisiz apparat yasashi haqida ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Defense Systems.

Bu apparat maxsus operatsiyalar vaqtida harbiylarga kerakli qurol-aslahalar yetkazib berishi va izsiz g‘oyib bo‘lishi mumkin. DARPA’ ning loyiha bo‘yicha aniqlik kiritishicha, “g‘oyib bo‘lish” deganda uning kamuflyajga kirishi, dron tomonidan kerakli nuqtaga olib ketilishi yoki uni butunlay yo‘q qilinishi nazarda tutilmaydi.

ICARUS deb nomlangan apparat 1,4 kg gacha bo‘lgan yukni ko‘tara oladi, parvozdagi xatolik 9,7 metrdan oshmaydi. U inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan darajada g‘oyib bo‘lishi va bu iloji boricha atrofdagilarning e'tiborini o‘ziga tortmasligi zarur. Loyiha ustida biror-bir kompaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgach, 26 oy mobaynida ishlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish