Sport | 08:17 / 09.10.2015
4452
3 daqiqa o‘qiladi

Argentina va Braziliya JCh-2018 saralashini mag‘lubiyat bilan boshladi

Janubiy Amerikada JCh-2018 saralash bahslarini Urugvay va Kolumbiya g‘alaba bilan, Braziliya va Argentina esa mag‘lubiyat bilan boshlashdi.

Braziliyaliklar safarda KONMeBOL mintaqasining amaldagi chempioni Chiliga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinda Vargas (72) va Aleksis Sanches o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ydi.

Argentina esa Ekvadordan mag‘lubiyat bilan qaytdi. O‘yinning oxirgi 10 daqiqaligida Friksona Eraso (81) va Felipe Kaysedo (82) aniq zarbalar yo‘llab, g‘alabani ta'minladi.

Janubiy Amerikada JCh uchun saralash o‘yinlari bitta umumiy guruhda olib boriladi. 10ta jamoadan iborat bu guruhdagi o‘yinlar 2017 yilning oktabrigacha davom etadi va guruhda eng ko‘p ochko to‘plagan 4ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘l oladi. 5-o‘rin sohibi esa pley-off o‘yinlarida qatnashadi.

JCh-2018 saralashi

Janubiy Amerika

1-tur

Boliviya – Urugvay 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10 Kaseres, 0:2 – 69 Godin.
Boliviya – Vaka, Senteno, Torriko, Marteli, Samperi, Kampos (Rudi Kardoso, 69), Kastro (Dias Akosta, 46), Chumasero (Lisio, 61), Veysaga, Duk, Arse.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Koruxo, Rodriges (Mayyada, 38), Gonsales, Sanches (Lodeyro, 74), Pereyra, Stuani, Ernandes (Rolan, 62).
Ogohlantirishlar: Torriko (20), Marteli (41), Kampos (64), Koruxo (66), Rolan (73), Arse (77).
Chetlatish: Torriko (71).

Kolumbiya – Peru 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 36 Guterres, 2:0 – 90 Kardona.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Aryas, Murilo, Kuadrado, Sanches, Guarin (Mexiya, 64), Kardona, Bakka (Kastilo, 90), Guterres (Falkao, 76).
Peru – Galese, Sespedes, Sambrano (Ramos, 79), Advinkula, Lobaton, Ballon, Kueva, Askues, Karrilo (Urtado, 82), Pisarro (Reyna, 73), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Guterres (43), Ballon (45), Sanches (66).

Venesuela – Paragvay 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Gonsales.
Venesuela – Baroxa, Viskarrondo, Sichero, Rosales, Seyxas, Rinkon, Gonsales (Gerra, 62), Lusena, Suares (Murilo, 81), Falkon (Martines, 74), Rondon.
Paragvay – Silva, da Silva, Samudio, Valdes, Agilyar, Ortis (Kaseres, 63), Ortigosa, Gonsales, Benites, Barrios (Fabbro, 86), Santander (Bobadilya, 72).
Ogohlantirishlar: Ortis (38), Lusena (82), Rondon (90).

Chili – Braziliya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 72 Vargas, 2:0 – 90 Sanches.
Chili – Bravo, Bosejur, Isla, Xara, Valdiviya (Fernandes, 64), Dias (Vilches, 82), Vargas, Vidal, Sanches, Silva (Gonsales, 41), Medel.
Braziliya – Djyefferson, Miranda, Marselo, Dani Alves, David Luiz (Markinos, 36), Luis Gustavo (Lukas Lima, 82), Elias, Oskar, Villian, Duglas Kosta, Xalk (Oliveyra, 77).
Ogohlantirishlar: Dias (58), Luis Gustavo (69).

Argentina – Ekvador 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 81 Eraso, 0:2 – 82 Kaysedo.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Garay, Ronkalya, Bigliya, Maskerano, Di Mariya, Pastore (Lavessi, 70), Korrea, Aguero (Teves, 24).
Ekvador – Dominges, Ayovi, Achiler, Paredes, Eraso, Noboa, Valensiya, Kinones (Kastilo, 75), Montero (Martines, 77), Kaysedo (Mena, 84), Bolanos.
Ogohlantirishlar: Ronkalya (46), Mas (53), Noboa (70), Teves (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish