10:57 / 09.10.2015
4322

Bangkokdagi terakt ijrochisi portlashni buyurtma asosida uyushtirganini tan oldi

2015 yil 17 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida sodir etilib, 20 kishining o‘limiga, 125 kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan portlash ijrochisi terakt buyurtma ekanini, buning uchun boshqa gumondor tomonidan yollanganini tan oldi, deya xabar berdi advokat Karadaga Chuchat Pxanpxay o‘tkazilgan brifing chog‘ida. Bu haqda “Kxao Sot” nashri xabar berdi.

Advokat ichki qamog‘ida uning himoyasi ostidagi Bilol Muhammad yoki Bilol Turk laqablari bilan mashhur Adem Qoradog‘ saqlanayotgan 11-Tailand quruqlik qo‘shinlari diviziyasida jurnalistlar oldida chiqish qildi.
“Himoya ostidagi bugun menga Abdulla Abdurrahmon ismli boshqa gumondor tomonidan Bangkokdagi Eravan ibodatxonasida portlovchi uskuna joylangan ryukzakni qoldirish uchun yollanganini aytdi”, - dedi advokat.

Advokatning ma'lum qilishicha, Qoradog‘ning millati uyg‘ur bo‘lib, Xitoy fuqarosi hisoblanadi. U noqonuniy yo‘llar bilan Tailand orqali Turkiyadagi qarindoshlari oldiga yetib olish uchun mazkur teraktni amalga oshirishga rozilik bildirgan. Abdurrahmon bu ishi uchun uni bepul olib borib qo‘yishga va'da bergan.

Tergov xulosalariga ko‘ra, Abdulla Abdurrahmon ham XXR fuqarosi bo‘lib, uyg‘ur millatiga mansub. U terakt sodir bo‘lganidan so‘ng Tailandni tark etishga ulgurgan va ayni paytda Turkiyada. Tailand politsiyasi Turkiya hukumatidan uning hibsga olinib, Bangkokka topshirilishini so‘rab murojaat qilgan.

Top