Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada Qatar qirollik oilasi a'zosi bo‘lgan zo‘ravon sud qilindi
Praga sudi Qatar qirollik oilasi a'zosi Hamid ibn Abdulloh ibn Taniy Al-Taniyni yosh bolalar bilan fahsh aloqalar qilgani uchun 11 oy 8 kunga qamoq jazosiga mahkum qildi.
Ishning sudlanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi 8 oktabrda, uning xalqaro hibsga olinishiga order berilganidan 4 yildan so‘ng bo‘lib o‘tdi. 2005 yilda Hamid ibn Abdulloh ibn Taniy Al-Taniy 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilib, o‘z vatani Qatarga jo‘natilgan edi, chunki Pragada u o‘z vatanida jazolanishiga va'da berilgan edi. Biroq Qatar hukumati tomonidan zo‘ravonga qarshi hech qanday chora ko‘rilmagan.
Ma'lum qilinishicha, Al Taniy sud qarori bilan rozi bo‘lgan. Chexiyada hibsda o‘tkazilgan vaqtni hisobga olib, u jazoni o‘tagan deb hisoblanadi va Chexiya hududiga hech qanday qarshiliksiz qaytishi mumkin.
Shuningdek, AQShda sentabr oyi oxirida uy xizmatchisini jinsiy aloqaga kirishga majburlashda gumon qilinayotgan saudiyalik shahzoda Madjid Abdulaziz al-Saud ham tergov ostida qolmoqda. Shahzoda 300 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan. Sud uning ishini 19 oktabrda ko‘rib chiqadi.