Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdog‘an Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadini oshkor qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Rossiyaning Suriyada amaliyotlar o‘tkazayotganining asl maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Siyosatchining fikricha, Moskva Suriyaning Lataqiya shahrida doimiy harbiy bazasini qurishni istaydi, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Hurriyet nashri.
“Rossiya agarda Iroq taklif qilsa, o‘z hududida IShID jangarilari obektlari bo‘ylab zarbalar beradi. Biroq u Suriyada jangarilar marralariga zarba berayotgani yo‘q”, - deya qayd etdi Erdog‘an. Shuningdek, u Rossiyaning samolyotlari turk havo kengliklarini buzib kirganiga bildirgan izohi vaziyatning butun jiddiyligini aks ettirmasligini aytib o‘tdi.
“Ha, bizning manfaatlarimizga ziyon yetkazildi. Bunday sharoitda men telefon qo‘ng‘irog‘i uchun ma'no ko‘rmayapman”, - deya kelgusida rossiyalik hamkasbi bilan telefon qo‘ng‘irog‘i qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.