Jamiyat | 15:59 / 09.10.2015
4198
1 daqiqa o‘qiladi

Filippindagi qamoqxonada 9 nafar mahbus yonib ketdi

Filippindagi qamoqxonalardan birida yong‘in ro‘y berishi natijasida kamida 9 nafar mahbus halok bo‘lgan, bir nafari bedarak ketgan.

Frans-Press agentligi xabariga ko‘ra, bu yong‘in qamoqxonaning psixiatrik bo‘limida sodir bo‘lgan.

Jazoni ijro etish muassasasi vakilinig Assoshieyted Press nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inga elekt ta'minotidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Filippin poytaxti Maniladan 620 km masofadagi Leyte viloyatidagi bu qamoqxonada keyingi 2 yil ichida ikkinchi marta shunday voqea sodir bo‘ldi.

Filippindagi qamoqxonalar sharoitlari eng yomon ahvoldaligi bo‘yicha "yetakchi" sanaladi.

Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Leytedagi bu qamoqxonada 500 nafar mahbus uchun o‘rin mavjud bo‘lgani holda, unda 1256 nafar mahbus saqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish