21:09 / 09.10.2015
8133

KUN.UZ dayjesti: 9 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Yevropa Chempionati uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi>>

Yevro-2016 uchun saralash bosqichining F guruhidan joy olgan Shimoliy Irlandiya terma jamoasi 9-tur o‘yinlaridan keyinoq, musobaqada ishtirok etishini kafolatladi.

Toshkentga Fransiyadan dengiz mahsulotlari yetkazib berila boshlandi>>

Fransiyaning O‘zbekistondagi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu do‘kon bir haftada ikki marta Fransiyaning Runjis ulgurji bozori va Bulon-syur-mer portidan yangi baliq va dengiz mahsulotlari yetkaziladigan Toshkentdagi birinchi do‘kon bo‘ladi.

Plankton va asalarilar dunyo iqtisodiyotiga yiliga 350 mlrd dollardan ziyod daromad keltirmoqda>>

VVS va BMT hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot loyihasida asalarilar o‘simliklarni changlatish orqali jahon iqtisodiyotiga har yili 150 mlrd dollardan ziyod daromad keltirishi hisoblab chiqildi. Bu haqda Vice ma'lum qildi.

Olimlar Marsda qadimiy ko‘l qoldiqlarini topishdi>>

Milliardlab yillar muqaddam Marsda uzoq muddat davomida suv bilan to‘lgan ko‘llar mavjud bo‘lgan. Olimlar Curiosity marsoxodi va boshqa manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga kelishdi, deya xabar bermoqda NASA.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalarni internet orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi>>

2015 yilning 12 oktabr kunidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari uchun chiptalarni elektron shaklda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Qirg‘izistonda xalqaro standartdagi avtomobil raqamlari joriy qilinadi>>

2016 yildan Qirg‘izistonda xalqaro standartdagi avtomobil raqamlari joriy qilinadi. Bu haqda davlat ro‘yxatga olish xizmatidagi manbalarga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

“Kazsport” kanali sharhlovchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ishdan haydaldi>>

Qozog‘istonning “Kazsport” telekanalining xokkey sharhlovchisi Aleksandr Oleynik. Aytilishicha, voqea kecha, 8 oktabr kuni “Baris” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chog‘ida sodir bo‘lgan. Bunga sabab sifatida uning “Baris”ga muxlislik qilmagani ko‘rsatilgan.

Telegraph: Kim Chen In singlisini xavfsizlik xizmati rahbarligidan bo‘shatdi>>

KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zining singlisini bir qator hodisalar sababli shaxsiy xavfsizligi xizmatidan bo‘shatib yubordi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Yangi Nexia’ning birinchi fotosurati e'lon qilindi>>

Ilgariroq ma'lum qilinganidek, yaqinda Daewoo avtomobillari rebrending qilinib, Rossiyada Ravon brendi ostida sotila boshlaydi.

OAV: Boks bo‘yicha JChda Hasanboy Do‘stmatov hakamlarning raqibga yon bosishi tufayli mag‘lubiyatga uchradi>>

Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbeikston terma jamoasi sharafini -49 kg. vaznda himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Olma-Otada yetimxona tarbiyalanuvchisi uy sotib olish uchun buyragini sotmoqchi>>

Olma-Ota shahridagi yetimxonada ulg‘aygan Serik Kenjabekov xonadon sotib olish uchun buyragini sotishga qaror qildi. Nur.kz resursining ma'lum qilishicha, topilgan pullarga u shahardan bir xonali uy sotib olishni rejalashtirgan.

London metrosida yenotga duch kelishdi>>

Londonning yer osti transportida xonaki yenot (sarg‘ish-kul rang muynali kichik hayvon)ni uchratishdi. Ushbu noodatiy yo‘lovchi haqida musiqachi Jo Innes ma'lum qildi. U jonivorni Markaziy tarmoqda ko‘rgan, deya yozmoqda Metro.

Next xodimlari paxta yig‘im-terimida faol bo‘lishga chaqirib, aksiya o‘tkazishdi>>

Next savdo majmuasi xodimlari 7 oktabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga safar uyushtirishdi va paxta yig‘im-terimida ishtirok etishdi.

XX asrning eng mashhur suratlaridan biri 478 ming dollarga sotildi>>

XX asrning eng mashhur suratlaridan biri – rassmo Robert Meppltorning «Poliesterdagi kostyum kiygan erkak» (Man in polester suit) asari – Sotheby's auksionida 478 ming dollarga sotildi. Bu mazkur asarning boshlang‘ich narxidan ikki martaga qimmatroq bo‘ldi, deb yozadi TASS.

Times: Coca-Cola semizlikka homiylik qilmoqda>>

Coca-Cola kompaniyasi britan olimlari tomonidan o‘tkazilayotgan semizlik va shirin gazli ichimliklar iste'mol qilish o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emasligini isbotlashga qaratilgan tadqiqot ishlariga million funt sarfladi, deya xabar berdi The Times.

AQShda 360 kg keladigan bemor pitssaga buyurtma bergani uchun shifoxonadan haydab yuborildi>>

AQShning Rod-Aylend shtatida semizlikdan aziyat chekuvchi bemor pitssaga buyurtma bergandan keyin o‘zi davolanayotgan shifoxonadan haydab yuborildi. Oqibatda 360 kilogramm tosh bosadigan Stiven Assanti avtomobilda yashashiga to‘g‘ri keldi, chunki uning yaqinlari unga uyga qaytishga ruxsat berishmadi. Bu haqda The Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Top