Sport | 17:45 / 09.10.2015
5310
1 daqiqa o‘qiladi

Menni Pakyao o‘zbek bokschilariga Doxadagi JChda yangi g‘alabalarni tiladi

Filippinlik mashhur professional bokschi Menni Pakyao Qatar poytaxti Doxxa shahrida kechayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston bokschilari chiqishini yuqori baholab, ularga yangi g‘alabalarni tiladi.
Bu haqda u delegatsiyamiz rahbari, Boks federatsiyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Pakyao mazkur jahon chempionatida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pakyao 8ta vazn toifasida jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish