20:15 / 09.10.2015
3916

Nazarboyev va Poroshenko hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ostonadagi Qozog‘iston-Ukraina biznes-anjumani davomida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” nashri.

“Bugunda biz ikki tomon uchun foydali bo‘lgan iqtisodiy aloqalarni davom ettirishimiz kerak. Menga aytishganidek, bir nechta memorandum imzolandi, ko‘plab istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar faol ravishda olib borilmoqda. Albatta, bugun transport muammolari, Ukraina va Rossiya o‘rtasida ixtilof mavjud, biroq shunday murakkab sharoitlarda ham birga ishlash, bir-birini tushunish, qo‘llab-quvvatlash istagi bor. Jahon iqtisodiyotining beqarorligi va mavhumligiga qaramasdan, biz kelajakka birgalikdagi rejalarni qurishimiz mumkin”, deb aytdi Nursulton Nazarboyev Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvi davomida.

Nazarboyevning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi ikki barobarga, ya'ni 5,3 mlrd dollardan 2,2 mlrd dollargacha kamayib ketgan.

Top