Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 10 kishi Ebolaga chalingani gumon qilinmoqda
Nigeriyada 10 kishi Ebolaga chalingani gumon qilinib, karanin hududiga o‘kazildi.
Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, Nigeriya janubidagi Kalabar shag‘rida 10 kishi bavosil xastaligiga chalingan bemor bilan aloqa tufayli kasallikni yuqirib olgan bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilganlar mutaxassislar nazorati ostida bo‘lib turibdi.
O‘z navbatida Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy hafta davomida G‘arbiy Afrika hududida Ebola virusi aniqlanmagani haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu hududda 2014 yilning yozidan beri epidemologik vaziyat saqlanib turibdi.
Shu yilning iyul oyida Ebola virusiga qarshi vaksina ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘lgandi. Mutaxassislar bu vaksinaning o‘ta samaradorligini qayd etishgan.
Ebola viriusi ilk bor G‘arbiy Afrikada 2014 yilning fevralida aniqlangan. 1 yildan oshiq vaqt davomida Gvineya, Liberiya va Serra-Leone mamlakatlarida minglab kishilar shu xastalik tufayli halok bo‘lishgandi.