20:46 / 09.10.2015
4396

OAV: AQSh harbiy samolyotlari Shvetsiya chegarasini oxirgi 5 yil ichida eng ko‘p miqdorda buzgan

AQSh harbiy-havo kuchlari 2011-2015 yillar davomida eng ko‘p miqdorda Shvetsiya havo hududini buzgan. Bu haqda Dagens Nyheter gazetasi yozmoqda.

Avval sir saqlangan va gazetaga Shvetsiya qirolligi tomonidan taqdim qilingan statistikaga ko‘ra, to‘liq bo‘lmagan 5 yil ichida AQSh samolyotlari 7 marta noqonuniy tarzda mamlakat chegarasini kesib o‘tgan.

Shvetsiya chegarasini buzish borasida 2-o‘rinda 6 martadan chegarani noqonuniy buzgan Rossiya va Germaniya, undan keyin Norvegiya (5), Monako (3), Niderlandiya, Polsha, Qatar (2), Albaniya, Bahrayn, Daniya, Estoniya, Fransiya, Portugaliya va Turkiya (bir martadan) bormoqda.

Shvetsiya Qurolli kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni Mikael Byudenning aytishicha aynan Rossiya “Boltiq mintaqasida xavfli rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi” hisoblanadi.

Rossiya harbiy-koinot kuchlari bosh qo‘mondoni general-polkovnik Viktor Bondarevning aytishicha, Rossiya harbiy-koinot kuchlari parvozlarni xalqaro qonunchilik va parvozlar qoidalariga qat'iy amal qilgan holda bajaradi.

Top