Sport | 16:44 / 09.10.2015
6031
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Boks bo‘yicha JChda Hasanboy Do‘stmatov hakamlarning raqibga yon bosishi tufayli mag‘lubiyatga uchradi
Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini -49 kg. vaznda himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mazkur jang O‘zbekistondagi bir qator sport nashrlari tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Jumladan Sports.Uz nashri mazkur jang haqida xabar bera turib uni “mojaroli jang” deb baholadi.
«O‘zbekistonlik bokschining yaqqol ustunlik qilishiga qaramasdan, hakamlar kutilmagan ozarbayjonlik Rufat Guseynovga g‘alabani taqdim etishdi. Do‘stmatov Rio-2016 olimpiadasi yo‘llanmasi uchun eng asosiy da'vogarlardan biri edi», deb yozadi manba.
Quyida mazkur jang videosi bilan tanishishingiz mumkin.