Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama ma'muriyati Suriyada muxolifat kuchlari tayyorlash bo‘yicha dasturni to‘xtatadi
AQSh prezidenti Barak Obamaning ma'muriyati Suriya hududidagi muxolifatchilarga harbiy saboq berish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashrda yozilishicha, prezident ma'muriyati Suriyada Pentagon tomonidan 500 mln dollar sarflab tuzilgan va IShID jangarilariga qarshi kurashishda qo‘llanishi nazarda tutilgan bu dastur amalda o‘z vazifasini bajarmaganini tan olgan.
Pentagon bu dasturni bugun, 9 oktabr kunida, AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Londondan qaytganidan keyin rasman bekor qilmoqchi. Karter Angliyaga qirollik mudofaa vaziri Maykl Fellon bilan Suriya va Iroqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun kelgan.
Ma'lumot bergan manbaning xabariga ko‘ra, shunga o‘xshash tayyorlov markazi Turkiyada paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentabr kuni Rossiya Suriya hududida IShID jangarilariga qarshi havodan zarba berish amaliyotlariga kirishdi. AQSh tomoni rus samolyotlari IShID bazalarini emas, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya muxolifati bazalariga bomba yodirayotganini iddao qilgan.