23:47 / 09.10.2015
5820

Obama Ukrainaning sobiq prezidentini “Putinning korrupsiyalashgan marionetkasi” deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni “Putinning korrupsiyalashgan marionetkasi” deb atadi. Bu haqda Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men o‘z lavozimimga o‘tirganimda, Ukrainani Putinning marionetkasi bo‘lgan korrupsiyalashgan rahbar boshqargan”, deb aytdi Obama.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin CBS telekanaliga bergan intervyusida AQShning Viktor Yanukovichni hokimiyatdan ag‘darishdagi roli haqida aniq bilishini aytgan edi.

Bundan tashqari, Putin Ukraina mustaqilligini hurmat qilishini ta'kidlagan. Uning aytishicha, mustaqillikka hurmat davlat to‘ntarishlari, nokonstitutsiyaviy harakatlarga va qonuniy hokimiyatni chetlatishga yo‘l qo‘ymaslikda ifodalanadi.

Top