10:43 / 09.10.2015
18686

O‘zbekiston mudofaa vaziri Rossiyaga taklif qilindi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zbekistonlik hamkasbi general-polkovnik Qobul Berdiyevni Moskvaga kelishga da'vat etdi. Bu taklif O‘zbekiston mudofaa vaziriga Shoyguning o‘rinbosari Anatoliy Antonov tomonidan yetkazildi.

Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida harbiy xavfsizlikni ta'minlash, harbiy va texnik hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi, shuningdek, sohada rossiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Top