Iqtisodiyot | 09:08 / 09.10.2015
4620
2 daqiqa o‘qiladi

Plankton va asalarilar dunyo iqtisodiyotiga yiliga 350 mlrd dollardan ziyod daromad keltirmoqda

VVS va BMT hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot loyihasida asalarilar o‘simliklarni changlatish orqali jahon iqtisodiyotiga har yili 150 mlrd dollardan ziyod daromad keltirishi hisoblab chiqildi. Bu haqda Vice ma'lum qildi.

Loyiha insoniyatga jonivorlar va o‘simliklar nafaqat Yer sayyorasidagi ekologiyaning saqlanishi, balki moddiy daromad olishda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatishga asoslangan edi.
Nashrning xabar berishicha, hozirgi kunda asalarilar populyatsiyasi shu darajada pasayib ketdiki, buning natijasida Xitoyning g‘arbiy hududlarida dehqonlar meva-o‘simliklarni qo‘lda changlatishga majbur bo‘lmoqda.

Asalarilar bo‘lsa bu ishni bepul bajarib, yiliga 150 mlrd tejalishiga xizmat qilayotir.
Ko‘pchilik kitlarning ozuqasi deb hisoblaydigan oddiy planktonlar ham jahon iqtisodiyotiga 215 mlrd dollar daromad keltirmoqda. Ular baliqlarning ko‘payishiga, atmosferaning kislorod bilan to‘yinishi va karbonat angidrid gazining yutilishiga katta hissa qo‘shadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish