Jahon | 14:44 / 09.10.2015
4597
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Afg‘onistonga Mi-35 harbiy vertolyotlarini yetkazib beradi

Rossiya oktabr oyida Afg‘oniston bilan bir nechta Mi-35 hujum vertolyotlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mazkur mamlakatga hukumati qurolli kuchlarining jangovar imkoniyatlarini oshirishida ko‘mak ko‘rsatmoqda – Rossiya harbiy o‘quv muassasalarida afg‘on zobitlari tayyorgarlikdan o‘tmoqda. “Yaqindagina Rossiya Federatsiyasi IIV yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p miqdordagi o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar partiyasi yetkazib berilgan edi”, - dedi Kabulov.

Nashrning qayd etishicha, Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stim Rossiyadan IShID jangarilariga qarshi kurashish uchun harbiy yordam, xususan, qurol-yarog‘, samolyot va vertolyotlar berishni so‘ragan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish